Umumxalq hashari: Yurtimiz ko‘rki uchun hamjihatlikda xizmat qilamiz

Xabaringiz bor, mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 22-23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan edi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi bugun, 23-avgust kuni erta tongdan institut va uning atrofida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, begona o‘tlar va chiqindilardan tozalash, shuningdek, o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlarini olib bormoqda.
Institut jamoasining umumxalq tadbiridagi faolligi farovon hayotimiz yo‘lidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir.
NukusDPI matbuot xizmati.
