NukusDPI talabasi Xalqaro yoshlar qurultoyida ishtirok etdi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari” shiori ostida tashkil etilgan IV Xalqaro yoshlar forumida ishtirok etdi.
U forum doirasida tashkil etilgan “COP-Qurultoy” konferensiyasida faol ishtirok etib, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi. Shuningdek, “Zakovat” intellektual tanlovida 2-o‘rin, stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli 3-o‘rinni egallab, yuqori natijalarga erishdi.