NukusDPIda ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun imtihonlar boshlandi

Bugun, 26-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun imtihonlar boshlandi.

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi xususiyatiga ko‘ra suhbat tarzida o‘tkazilmoqda.

Kirish imtihonlarining adolatli hamda oshkora o‘tishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash «Komplayens-nazorat» tizimini boshqaruv bo‘limi mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun imtihonlar 27-avgustgacha davom etadi.

NukusDPI matbuot xizmati.