Ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun imtihonlarning ikkinchi kuni
Bugun, 27-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun imtihonlarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Suhbat tarzida o‘tkazilayotgan kirish imtihonlarining adolatli hamda oshkora o‘tishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash «Komplayens-nazorat» tizimini boshqaruv bo‘limi mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, imtihon natijalari jarayon yakunlanganidan so‘ng institut rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.