Kasaba uyushmalari yoshlari intellektual o‘yinda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada kasaba uyushmalari sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash imkoniyatlari va topqirligini sinovdan o‘tkazdi.

Intellektual o‘yin yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, ta’lim va fan xodimlari jamoasi tarkibida institutimizning yosh mutaxassislari musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi.

NukusDPI matbuot xizmati.