Bakalavriatning 1-bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganlar diqqatiga!

To‘lov shartnomasini olish uchun platforma orqali onlayn ariza yuborish davom etmoqda.
Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlanib,QR-kodli to‘lov-shartnoma shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ariza yuborish bo‘yicha videoyo‘riqnomani diqqat bilan ko‘rib, arizani tezroq yuboring!