NukusDPI akademik litseyida yangi o‘quv yili boshlandi

Bugun, 3-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyida 2025-2026-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda litsey direktori Q.Qalxorazov, institut o‘quv-metodik boshqarmasi bosh mutaxassisi J.Jumamuratov, “Shuhrat” medali sohibasi P.Kamalova, xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati B.Dilanov so‘zga chiqib, o‘quvchi yoshlar, ularning ota-onalari va litsey jamoasini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

O‘quv yilining birinchi kuni guruhlarda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Litseyning majlislar zalida litsey direktori Q.Qalxorazov, ichki ishlar organlari inspektori Z.Tanirbergenov, litsey direktori o‘rinbosari G.Masharipova va tarix fani o‘qituvchisi M.Mamutovlar o‘quvchilarga mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Prezidentimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tibori haqida keng ma’lumot berdi.