NukusDPIda “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali doirasida qo‘shiqlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 4-sentyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar sohalaridagi iqtidorlarini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.

Festival doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Men buyuk yurt farzandiman!” mavzusida qo‘shiqlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talabalar qo‘shiq kuylash bo‘yicha o‘zlarining mahorat va qobiliyatlarini namoyish etishga harakat qilishdi.

Institutda festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.