“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali: NukusDPIda tasviriy san’at bo‘yicha tanlov o‘tkazildi
Xabaringiz bor, bugun, 4-sentyabr kuni yurtimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar sohalaridagi iqtidorlarini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.
Festival doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Biz bir oila farzandlarimiz!” mavzusida tasviriy san’at tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda talabalar rangtasvir bo‘yicha o‘zlarining mahoratlari hamda qobiliyatlarini namoyish etishga harakat qilishdi.
Institutda festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.