NukusDPI talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida
Bugun, 4-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakultetining bir guruh faol talaba-yoshlari yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Quvondiq Qodirov hamda ustozlari rahbarligida Qoraqalpoq davlat universiteti tarkibida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.
Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va xizmatlarini o‘rganish, targ‘ib qilish va ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda talaba-yoshlar 1937-1953-yillarda, shuningdek, o‘tgan asrning 80-yillarida yuz bergan qatag‘onlar tarixini aks ettiruvchi hujjatlar, fotosuratlar, arxiv materiallari hamda qatag‘on qurbonlarining shaxsiy buyumlari bilan tanishdi.
Shuningdek, ular mustaqillik tufayli tarixiy adolat qaror toplagani, xalqimizning ozodligi hamda baxtli kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yuksak hurmat va ehtirom bilan e’zozlanishi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Muzeyga tashrif talaba-yoshlar qalbida tarix saboqlarini unutmaslik, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.