Yoshlar ishtirokida “Kelajakka qadam” loyihasi bo‘yicha seminar tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 4-sentyabr kuni yurtimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar sohalaridagi iqtidorlarini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.

Festival doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Fizika-matematika, Chet tillari hamda Tabiiy fanlar fakultetlari tomonidan “Kelajakka qadam” loyihasi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda Chet tillari fakulteti talabasi Alfiya Amangeldiyeva tomonidan talaba-yoshlarga loyihaning mazmuni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Institutda festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.