“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali: NukusDPIda shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Xabaringiz bor, bugun, 4-sentyabr kuni yurtimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar sohalaridagi iqtidorlarini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.
Festival doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada talabalar o‘zlarining sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
