NukusDPI “Sahro bulbullari” jamoasi “Munozara” intellektual o‘yinida g‘olib bo‘ldi
Poytaxtimiz Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali doirasida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan intellektual o‘yinda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bilimli, zukko va iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Sahro bulbullari” jamoasi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.