Ellikqal’a pedagogika fakultetida yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika fakultetida yangi 2025-2026-o‘quv yilining tantanali ochilishiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A.Atajanov, fakultet dekani E.Asamaddinov, professor-o‘qituvchilar, o‘qishga tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar talabalarga yangi o‘quv yilida yuksak muvaffaqiyatlar tilab, ularni bilim olishda faollikka, tashabbuskor va izlanuvchan bo‘lishga chaqirdi.
Shundan so‘ng fakultetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari va axborot-resurs markazi bilan tanishuv tadbiri o‘tkazildi.
Fakultetda yaratilgan sharoitlar yoshlarga qulay va samarali ta’lim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.