Institutda yuqori kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni boshlandi

Bugun, 8-sentyabr kunidan respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni boshlandi.

Talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlarni yanada chuqur o‘zlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish va kasbiy mahoratlarini oshirish yo‘nalishida o‘qishni davom ettirmoqda.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga zamonaviy pedagogik metodlar asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Yangi o‘quv yilida yuqori kurs talabalari ham katta yutuq va natijalarga erishishini tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.