“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet va yo‘nalish koordinatorlari hamda faol talabalardan iborat 700 dan ortiq yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov yoshlarning fikr-mulohazalarini tingladi.
Tadbir davomida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan asosiy maqsad va rejalar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi jamoasi va oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidagi studiya orqali onlayn tarzda ishtirok etdi.
