Institutda tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 13-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Jahon taraqqiyot banki konsultanti, venchur arxitektori Sergey Makarov va texnologik broker, innovatsion ekotizim arxitektori Yerbolat Orazbekuli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar dastlab institut rektori Alisher Ubbiyev bilan uchrashib, institut professor-o‘qituvchilari, izlanuvchilar va talaba-yoshlarning startap hamda innovatsion g‘oyalarini tijoratlashtirish imkoniyatlari haqida suhbatlashdi.
Shundan so‘ng ekspertlar tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan agroo‘simliklarni kuzatish loyihasi bilan tanishdi va uning amaliy ahamiyati, agrar sohaga tatbiq etish imkoniyatlari bilan qiziqdi. Mehmonlar loyihaning istiqbolli ekanini ta’kidlab, investitsiyalar va texnologik sheriklarni jalb qilgan holda uni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Tadbir davomida mehmonlar institut talabalarining startap loyihalari bilan ham tanishdi.
Uchrashuvda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov ilm-fan va biznes o‘rtasidagi yaqin aloqani yo‘lga qo‘yish, turli yo‘nalishlarda startaplarni yaratish, rivojlantirish va amalga oshirishning ahamiyatini mehmonlar bilan keng muhokama qildi. Tadbirda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, mahsulotlarni bozorga olib chiqish yo‘llari, oliy ta’lim muassasalari, biznes va venchur tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
