“Turon” jamoasi a’zolari “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining saralash bosqichida o‘z sahna mahoratlarini namoyish etdi

Bugun, 13-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining madaniyat saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar festivaliga aylangan ushbu bosqichda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Turon” jamoasi ham ishtirok etib, jamoaning iqtidorli, zukko va quvnoq yoshlari o‘z sahna mahoratlarini namoyish etishga harakat qildi.
Ma’lumot uchun, saralash bosqichida eng yuqori ball to‘plagan jamoalar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
