Talabalarni kitobxonlikka yo‘naltirish – dolzarb vazifa

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida barcha fakultetlarda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutori Guljahan Artikova o‘ziga biriktirilgan maxsus pedagogika: logopediya ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalariga institutning axborot-resurs markazi va bu yerdagi sharoitlar bilan tanishtirdi.
Talabalarga markazga a’zo bo‘lish shartlari, darsdan bo‘sh vaqtlarida “O‘qilishi kerak 100 ta kitob” loyihasi doirasida olib kelingan badiiy-adabiy asarlarni o‘qish zarurligi, kitobxonlik bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar haqida ma’lumot berildi.
Albatta, ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar yoshlarni kitobxonlikka yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
