NukusDPIda grantlarni qayta taqsimlash bo‘yicha maxsus komissiya xulosasi e’lon qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun talabalar hamda magistrantlarning akademik o‘zlashtirish va ijtimoiy faolligi ko‘rsatkichlari asosida grantlarni qayta taqsimlash bo‘yicha maxsus komissiya xulosasi tasdiqlandi.

Maxsus komissiya xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-mart kungi 149-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshirildi.

Grantlarni qayta taqsimlash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi bilan quyidagi havolalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Magistratura mutaxassisliklari

Ma’lumot uchun, grantlarni qayta taqsimlash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellyatsiya arizalarini 48 soat davomida belgilangan tartibda https://grant.ndpi.uz/ platformasidan shaxsiy kabinetlari orqali topshirishi mumkin.