Institutda “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalariga start berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport klubi tomonidan talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va institut terma jamoasi uchun zaxira sportchilarni aniqlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalariga start berildi.

Mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi va yengil atletika bo‘yicha o‘tkaziladigan sport musobaqalarida akademik guruhlarda tahsil olayotgan talabalar jamoaviy va yakkalik formatlarda ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida sport klubi raisi o‘rinbosari Miralim Allanazarov so‘zga chiqib, barcha talabalarni o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Sport musobaqalari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.