Talabalarning oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi haqida bilasizmi?

Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.
Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi.
Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m);
Qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (206 ming so‘m).
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
Talabgorlar kontrakt.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali ijara shartnomasini yuklashi va ariza topshirishi mumkin.
NukusDPI matbuot xizmati.