Filologiya fakulteti dekani talabalar turar joyida yoshlar bilan uchrashdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning ta’lim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning muammolarini o‘rganish va fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida Filologiya fakulteti dekani Gulbahar Begmuratova 3-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida talabalarning o‘quv jarayoni, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarda doimiy ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yotoqxonadagi sharoitlar, talabalarning turmush tarzi, ularning o‘zaro do‘stona munosabatlari yuzasidan fikr almashildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, dolzarb masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi. Fakultet dekani ularning har biriga alohida e’tibor qaratib, masalalarni hal qilishda amaliy yordam berilishini ta’kidladi.

Bunday uchrashuvlar talabalar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish, samarali ta’lim olish va yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.