Filologiya fakultetida “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr-mulohazalarini tinglash va dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish maqsadida “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani Gulbahar Begmuratova talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni turli to‘garaklar hamda ilmiy loyihalarga jalb etish masalalari bo‘yicha taqdimot qildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lib yetishishi, o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi zarurligi ta’kidlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.