Yoshlar ittifoqining mas’ul vakillari institutga tashrif buyurdi

Bugun, 19-sentyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining vakili Jahongir Muhammadov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Tadbir davomida institutda talaba-yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, turli to‘garak va klublar faoliyati bilan tanishdi.
Institut yoshlar ittifoqi mutasaddilari va faol talabalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda boshlang‘ich tashkilot faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, yoshlarning tashabbuslari va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi.
Yoshlar ittifoqi vakillarining institutga tashrifi yoshlar uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
NukusDPI matbuot xizmati.
