Aniq fanlar fakultetida “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida talabalar bilan ochiq suhbat tarzidagi “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani Rzamurat Jiyemuratov, dekan o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda talabalar tomonidan o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, darslarda zamonaviy usullardan foydalanish, ilmiy va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talabalar turar joylari, sport va madaniy tadbirlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Fakultet dekani talabalarning savol va takliflariga javob berib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarni ilmiy loyihalarda faol ishtirok etishga, o‘z ustida muntazam ishlashga va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga chaqiruvchi tavsiyalarini berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.