NukusDPI talabalari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

Bugun, 20-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalarining 18-29 yosh toifasi bo‘yicha sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan bir guruh talaba-yoshlarga “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishonlari, guvohnomalar va sport formalari topshirildi.
Muhimi, ular orasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalari – Shakira Keulimjayeva va Sultonbek Olloyorov I darajali, Ayzada Allamuratova va Shuhratdin Shinibayev II darajali, Abadan Galliyeva va Albert Usenov III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.


Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0x7cd1fc83