Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi F-43-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.
Shu munosabat bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida xorijiy vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan arizalar 2025-yil 10-oktyabrga qadar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
“Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun davlat grantlari taqdim etish bo‘yicha muvaqqat tartib”ni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
NukusDPI matbuot xizmati.