NukusDPIda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Faylni PDF formatda yuklab olish uchun quyidagi havolaga bosing

NukusDPI tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari 2025-2026

Izoh: Qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilandi.

NukusDPI matbuot xizmati.