Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti media jamoasi uchun nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “MEDIA JAMOA” uchun saralab olish maqsadida talabgorlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida yoshlarning ijodkorligi, kreativ fikrlashi va qiziqishlari sinovdan o‘tkazildi. Media jamoadagi yangi ishtirokchilarni oldinda katta imkoniyatlar, loyihalar va ijodiy rivojlanish kutmoqda.

Yaqin orada ular bilan hamkorlikda qiziqarli media loyihalarni taqdim etamiz.