O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramiga bag‘ishlangan tanlovlar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Ustoz – otangday ulug‘” mavzusida tanlovlar o‘tkazildi.
Jumladan, fakultetning ijodga qiziquvchi yoshlari o‘rtasida insholar va ijodiy ishlar tanlovi, shuningdek, tasviriy san’at bo‘yicha iqtidorli talabalar ishtirokida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari fakultetda ustozlar bayramiga bag‘ishlangan kechada taqdirlanadi.
