Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 3-sonli talabalar turar joyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ta’lim muassasalarida yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda talabalar hamda ishchilarning to‘g‘ri harakatlanishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i, polkovnik Baxtiyar Orazbayev, institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov, profilaktika inspektorlari, tegishli bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va qaror qabul qilish tartibi o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilariga vaziyatlarni modellashtirish orqali interfaol usullardan foydalangan holda yetkazildi.
Maxsus-taktik o‘quv mashqini o‘tkazish davomida kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
