Institutda “Eko-innovatsiya – 2025” ko‘rgazmasi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eko-innovatsiya – 2025” mavzusidagi ekologik muammolarni hal etishga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi zamonaviy ilm-fan, ta’lim va ekologiya integratsiyasining yorqin namunasi bo‘ldi.

Tadbirda yosh tadqiqotchilar ekologik muammolar bo‘yicha o‘zlarining innovatsion g‘oya va loyihalarini taqdim etib, chiqindilarni qayta ishlash, atmosfera havosini muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish, yashil energetika kabi dolzarb masalalarga yechim taqdim etdi. Bu jarayon ularda ekologik tafakkurni chuqurlashtiradi va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantiradi.

Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Quanishbay Seytnazarov, shuningdek, ilmiy rahbar va ekspert sifatida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar loyihalarning nazariy asoslanganligi, metodologik to‘g‘riligi va amaliy ahamiyatini baholadi. Shuningdek, ular yoshlarning innovatsion ishlanmalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berdi.

“Eko-innovatsiya – 2025” ko‘rgazmasi talabalar va professor-o‘qituvchilar hamkorligida ekologik muammolarga innovatsion yechim topishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy maydon bo‘lib, institutda ekologik madaniyatni rivojlantirish va barqaror rivojlanish konsepsiyasini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.