Institutda milliy liboslar va qadriyatlar targ‘iboti tadbirlari davom etmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida milliy liboslar oyligi va “Juma – milliy liboslar kuni” munosabati bilan xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova 1-sonli talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi Muhabbat Abdimuratova bilan birgalikda talaba-qizlarga Ajiniyoz muzeyi va undagi eksponatlarni tanishtirdi.
Bu yerda yoshlar qoraqalpoq adabiyotining yorqin namoyandasi Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodi bilan bir qatorda, shoir yashagan davrdagi milliy liboslar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, qo‘lyozmalar va kitoblar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
