Qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun muhim ma’lumot

2025-2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.