Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat ta’lim muassasalariga ajratilgan 500 ta maqsadli kvota uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 500 ta maqsadli kvota doirasida hujjat topshiruvchi talabgorlar 2025-yil 24-30-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishgan edi.
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni hisoblanadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligining rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar o‘zlari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadilar.
Tanlov natijalari 2025-yil 4-oktabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi taʼlim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin.
NukusDPI matbuot xizmati.