Ilmiy-innovatsion yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalarni belgilash maqsadida kafedralar rahbarlari va tegishli mas’ullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Quanishbay Seytnazarov tomonidan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy maqolalar va monografiyalarni nashr etish, shuningdek, talabalar ishtirokida innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha taqdimot qilinib, galdagi vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, grant loyihalarida faol ishtirok etish va kafedralar kesimida istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida ilmiy ishlar samaradorligini oshirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
