Filologiya fakultetida O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institute Filologiya fakultetida yurtimiz ta’lim tizimidagi eng ulug‘ va qadriyatli bayramlardan biri – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar? faol talabalar hamda faxriy ustozlar ishtirok etdilar. Bayram samimiy tabriklar, iliq so‘zlar va o‘qituvchilarning fidokorona mehnatini e’tirof etishga bag‘ishlandi.
Shuningdek, bir qator ustozlar yosh avlod tarbiyasidagi fidokorligi va ta’lim jarayonidagi yutuqlari uchun esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri talaba-yoshlarning ijodiy chiqishlari, she’r va qo‘shiqlari, ustozlarga bag‘ishlangan samimiy tilaklari bilan yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ezgu tilaklar izhor etildi.
