Xushxabar! NukusDPI o‘qituvchilari bayram munosabati bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan taqdirlandi

Bugun, 30-sentyabr kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston san’at saroyida “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan bir guruh soha fidoyilariga faxriy unvonlar, ko‘krak nishonlari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Quvonarlisi, ular orasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ko‘p yillardan buyon fidokorona xizmat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor.
Xususan:
– Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti Mambetov Qabil Pirniyazovich – “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan;
– Texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Ibragimov Bayniyaz Aytbayevich – “Ardoqli nuroniy” ko‘krak nishoni bilan;
– Biologiya kafedrasi dotsenti Tajibayeva Muyassar Karimbayevna – “Ibratli ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlangan institutimiz professor-o‘qituvchilarini chin dildan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.