Akademik litseyda bayram ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Tashakkurimiz sizga, aziz Ustozlar!” mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Kechada litsey o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, o‘quvchi-yoshlar va litseyni bitirib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali xizmat qilayotgan bitiruvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda litsey direktori Q.Qalxorazov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi.

Bayram kechasi iqtidorli o‘quvchilar va san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.