Tarix fakultetida bayram tadbiri tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, fakultet rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Dastur davomida ustozlik kasbining ulug‘ligi, yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda o‘qituvchilarning o‘rni va mas’uliyati haqida fikrlar bildirildi.

Institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov o‘z nutqida fidoyi ustozlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning mehnati yuksak qadrlanishini alohida ta’kidladi.

Talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bayram yakunida bir qator ustozlar yosh avlodni ilm-fan va tarbiyaga yo‘naltirishdagi faol sa’y-harakatlari uchun institut rektorati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning amaliy ifodasi sifatida barchada iliq taassurot qoldirdi.