Institutda O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, tyutorlar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov so‘z olib, soha fidoyilarining o‘quv-tarbiya jarayonidagi mehnatlari, yosh avlodga berayotgan bilim va tarbiyasini yuksak e’tirof etdi. Institut rahbariyati nomidan ustoz va murabbiylarni samimiy qutlab, ularning fidokorona xizmatlari uchun tashakkur bildirdi.

Institutning “To‘maris” xalq ansambli, “Siy perde” hamda “Tarannum” ansambllari a’zolari hamda iste’dodli talaba-yoshlar ijrosidagi badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar, ijodiy dasturlar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbir o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasiga aylandi.

NukusDPI matbuot xizmati.