Institut rektorining bayram tabrigi

Aziz ustozlar! Qadrli professor-o‘qituvchilar va murabbiylar!
Ta’lim-tarbiya sohasining jonkuyar xodimlari hamda faxriylar!

Sizlarni, siz orqali ustoz degan sharafli nomga erishib kelayotgan sharafli kasb egalarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ta’lim-tarbiya jarayoni – xalqimizning ertangi kuni, yurtimiz kelajagi bilan bevosita bog‘liq ulkan va mas’uliyatli vazifadir. Siz, aziz ustozlarimiz esa bu sharafli vazifani fidoyilik bilan ado etib, bilimli, ma’naviy dunyosi boy, Vatanga sadoqatli farzandlarni kamolga yetkazmoqdasiz.

Bugun yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohasidagi yutuqlarimizda sizlarning mehnatingiz, mehr-muhabbatingiz va fidoyiligingizning o‘rni katta. Sizlarning sabr-toqatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va o‘quvchilarga bo‘lgan mehringiz tufayli ta’lim dargohlarimizda ezgu an’analar davom etmoqda.

Shunday olijanob kasb egalari bugun yurtimizda alohida hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lmoqda.

Qadrli ustozlar! Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Barchangizni umumxalq bayrami bilan yana bir bor tabriklar ekanman, yuksak va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, ulkan natijalar, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayzu baraka tilayman!

Cheksiz hurmat ila,
Alisher Ubbiyev,
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori.