NukusDPI talabasi voleybol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida shu yilning 1-5-oktyabr kunlari sportning voleybol turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida “Women’s Volleyball Championships” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ahamiyatlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Zulqumar Shimbergenova ushbu musobaqada ishtirok etmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimidan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Qizg‘in kechgan o‘yin yakunida yurtdoshlarimiz raqib jamoani 3:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Albatta, bu g‘alabada institutimiz talabasi Zulqumarning ham hissasi katta bo‘ldi.

Bugun terma jamoamiz Qirg‘iziston jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi.

Musobaqada jamoamiz a’zolariga omad tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.