Institut rektori va bir qator professor-o‘qituvchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Murat Atamuratov so‘zga chiqib, mamlakatimizning ilm-fan, ta’lim sohalarida samarali mehnat qilayotgan ustoz-pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Oliy taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, oʻzining yuqori kasb-mahorati, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan bir guruh oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ustozlar va professor-o‘qituvchilarga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Quvonarlisi, ular orasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidan:
– Institut rektori – Ubbiyev Alisher Taiirovich;
– Umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti – Seytmuratov Qalbay Seytmuratovich;
– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti – Muratbayeva Ardaq Jubatqanovna;
– Qozoq va turkman tili va adabiyoti kafedrasi professori – Keruenov Turg‘anbay Arazmedovich “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda sohadagi samarali xizmatlari uchun institutimiz akademik litseyi o‘qituvchisi Mamutov Marat Mambetmuratovich “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Barcha taqdirlangan ustozlarni umumxalq bayrami bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
NukusDPI matbuot xizmati.

