Institutda Belarus Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Belarus Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki rezidenti “FoksTri” jamiyati vakillari – Dmitriy Baxmat, Andrey Krugley va Dmitriy Narubin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlarni institut rektori Alisher Ubbiyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Quanishbay Seytnazarov, shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘limi mas’ullari kutib oldi.
Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, institutda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalariga o‘qitish masalalari muhokama qilindi.
Belaruslik mutaxassislar tomonidan taqdim etilayotgan platforma iste’molchilar o‘rtasida axborot almashinuvi samaradorligini oshirish, xavfsiz muloqot va faol hamkorlikni ta’minlashga xizmat qilishi haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar loyihani amalga oshirish raqamli transformatsiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishini va xavfsiz, samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ma’lumot uchun, “FoksTri” jamiyati axborot texnologiyalari sohasida noyob mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalardan biri hisoblanadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
