Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Qoraqalpog‘iston Respublikasida

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, mas’ullar bilan uchrashdi.
Xususan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari rektorlari va texnikumlar direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida so‘z yuritildi hamda yig‘ilganlarning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.
Hilola Umarova shu kuni “Mono markazi” hamda 2-sonli tibbiyot texnikumida ham bo‘lib, mas’ullar bilan fikr almashdi.
