NukusDPIga davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Xabaringiz bor, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun alohida qabul qilingan 248-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat komissiyasining bayoniga muvofiq, qoraqalpog‘istonlik yoshlarga 2025-2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga maqsadli grant asosida 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan edi.

Shu asosda doimiy yashash manzili va bitirgan ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lgan, shuningdek, 2025-2026-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt bilan talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha maqsadli qabul parametrlari doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxati e’lon qilindi.

To‘liq ro‘yxatni quyidagi havola orqali ta’lim yo‘nalishlari kesimida PDF formatda yuklab olishingiz mumkin.

NMPI maqsetli grant kvota 500 orın 2025-2026