NukusDPI talabasi Gulmahal Pirniyazova respublika miqyosida o‘tkazilgan esselar tanlovida faxrli o‘rinni egalladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Gulmahal Pirniyazova O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Kitobxon yoshlar ligase” onlayn tanlovlari doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Vazirlikda tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan mazkur tanlovga oliy ta’lim muassasalari va hududiy bosqichda g‘olib deb topilgan 100 ga yaqin esselar kelib tushgan bo‘lib, ular orasidan institutimiz talabasi Gulmahal Pirniyazovaning ijodiy ishi g‘oliblar safidan joy olgani institutimiz uchun katta faxr hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, respublika esselar tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalar diplom, statuetka va 1-o‘rin g‘olibi 6 million so‘m, 2-o‘rin sohibi 5 million so‘m, 3-o‘rin sohibi 4 million so‘m miqdorida mukofotlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
