NukusDPI talabalari “NUKUS Half Marathon” musobaqasida g‘oliblar qatoridan joy oldi

Joriy yilning 4-oktyabr kuni poytaxtimiz Nukus shahrida marafon bo‘yicha “NUKUS Half Marathon” musobaqasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.
5 kilometr va 21 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidan mingdan ortiq talaba-yoshlar va ko‘ngillilar ishtirok etdi.
Quvonarlisi, 21 kilometrga yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasida institutimizning Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Ejemaya Bazarbayeva 1-o‘rinni egallab, 3 million so‘m g‘olibasi bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu masofaga yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Ellikqal’a fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Yo‘ldosh Satimbayev faxrli 2-o‘rinni egallab, 1 million so‘m bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
